Angliya premyer ligasida 9-turning yana bir nechta uchrashuvi yakuniga yetdi.
“Tottenhem” London derbisida “Vest Hem” maydoniga safar qilib, Erik Lamelaning 44-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.
“Manchester Siti” esa “Byornli” klubini o‘z maydonida qabul qilib, 5:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi. Mezbonlar safida Serxio Aguero, Bernardu Silva, Fernandinyo, Riyad Mahrez va Leroy Sane bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa “Siti” 23 ochko bilan musobaqa peshqadamiga aylanib oldi.
Ayni damda kunning so‘nggi o‘yinida “Liverpul” safarda “Haddersfild”ga qarshi bahs olib bormoqda.
Angliya premyer ligasi
9-tur bellashuvlari
20-oktabr, shanba
Izoh (0)