Hozirgina futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 26-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv yakuniga yetdi.
Unda “Paxtakor” jamoasi o‘z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qildi. O‘yinda hisobni 43-daqiqada Anzur Ismoilov ochdi. Anzur boshi bilan Eldor Suyunov darvozasini ishg‘ol qildi. 64-daqiqaga kelib, ikkinchi yoshligini boshdan kechirayotgan Marat Bikmayev jarima zarbasini golga aylantirib, “Loko”ning ustunligini yanada mustahkamladi. 69-daqiqada esa “Paxtakor” Farruh Sayfiyevning goli sabab hisobni qisqartirishga erishdi. 81-daqiqaga kelib, Sardor Mirzayev “Loko”ning uchinchi golini urib, o‘yinga yakuniy nuqta qo‘ydi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Lokomotiv”ning kuchli oltilikdagi ustunligi yanada mustahkamlandi. Endilik “temiryo‘lchilar” hisobida 30 ochko mavjud. Ikkinchi o‘rindagi “Paxtakor” hisobida esa 24 ochko mavjud. Shuningdek, uchinchi pog‘onadagi Navbahor hisobida ham 24 ochko mavjud.
Superliga yakuniga esa yana 6 tur qoldi.
Pepsi Superliga
26-tur bellashuvlari
20-oktabr, shanba
Izoh (0)