Bugun, 20-oktabr sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasida 26-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Chempionlik uchun kurashayotgan kuchli oltilik jamoalari o‘rtasidagi 2 ta uchrashuv yakuniga yetdi. Jumladan, Namanganda Andrey Kanchelskis boshliq “Navbahor” “Buxoro”ni qabul qilib, Azizbek Turg‘unboyevning 44-daqiqada urgan goli sabab muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Qayd etish joiz, bu Kanchelskisning “Navbahor”dagi debyut o‘yini edi.
Bekobodda “Metallurg” Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “Bunyodkor”ni qabul qildi. Uchrashuvdagi yagona gol ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Shahzod Shaymanov tomonidan kiritildi. Shuta tariqa “Metallurg” g‘alabaga erishdi.
Turning so‘nggi o‘yini ayni damda “Paxtakor” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasida kechmoqda.
Pepsi Superliga
26-tur bellashuvlari
20-oktabr, shanba
Izoh (0)