Toshkent metropolitenining “Xalqlar do‘stligi” bekatida bir oy davomida — 20-oktyabrdan 20-noyabrgacha vestibyullardan biri ishlamaydi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.
Yo‘lovchilar Islom Karimov ko‘chasiga chiqishdan vaqtincha foydalana olmaydi. Ikkinchi vestibyul odatiy tartibda ishlaydi.
Bunga bekatda eskalatorlarning kapital ta’miri sabab bo‘ldi. Metropoliten ma’muriyati toshkentliklar va poytaxt mehmonlaridan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘radi.
Izoh (0)