Departamentning Zangiota tuman bo‘limiga fuqaro E.Sh. ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Arizachiga ko‘ra, Toshkent halqa yo‘li yoqasida qo‘y sotayotgan vaqtida ikki noma’lum shaxs undan bir bosh qo‘y sotib olib, 300 AQSh dollari to‘lashganligini, ushbu pullarning haqiqiy ekanligiga shubha qilayotganligini bildirgan va ekspertiza tayinlash uchun mazkur pullarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan.
Toshkent viloyat IIB EKBning bergan ekspertiza xulosasida, fuqaro E.Sh. tomonidan topshirilgan 300 AQSh dollari qalbaki ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)