Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyati Shirin shahrida Farhod GES UK modernizatsiyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb yozadi UzDaily.
Hujjatda qayd etilishicha, loyihani amalga oshirish doirasida “O‘zbekgidroenergo” AJ va “Siloviye mashini - ZTL, LMZ, Elektrosila, Energomasheksport” (Rossiya) o‘rtasida Farhod GES modernizatsiyasi bo‘yicha 56,52 million yevro qiymatidagi shartnoma imzolangan.
Shuningdek, “Gidroloyiha” AJ tomonidan investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosi ekvivalenti 58,27 million yevro miqdorda bo‘lgan kapitallar summasi bilan ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari, Rossiyaning “Vneshekonombank” va O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki o‘rtasida kredit liniyasini ochish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.
“Vneshekonombank”ning 45,22 million yevrolik krediti hamda “O‘zbekgidroenergo” AJning 13,05 million yevrolik o‘z mablag‘lari investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi.
Izoh (0)