Bugun, 18-oktabr — O‘zbekiston avtomobil transport agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi Samarqand shahri kunining ommaviy sayil tarzida o‘tishi, ularga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lovchilarga imtiyoz joriy qildi. Bu haqda “Zarnews” xabar berdi.
“Samarqand shahridagi barcha yo‘nalishlarda qatnovchi avtobuslar bugun ertalabdan kechgacha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi. Maqsadimiz — shahrimiz aholisiga bayram kayfiyati ulashish”, —deydi boshqarma xodimi Sherali Ne’matov.
Izoh (0)