Toshkentda isitish mavsumi 16-oktabrdan boshlanadi. Bu haqdagi qaror Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev tomonidan imzolangan.
Xabar berishlaricha, 16-oktabrdan bolalar bog‘chalari, ta’lim va tibbiyot muassasalarini, 19-oktabrdan esa turar joy binolarini isitish boshlanadi.
Tuman hokimliklarining tegishli xizmatlariga va uy-joy mulkdorlari shirkatlariga isitish mavsumini sifatli o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan.
“Gazeta.uz”ning eslatishicha, 2017-yili Toshkentda isitish mavsumi ijtimoiy obyektlarda 10-noyabrdan, turar joy binolarida esa 12-noyabrdan boshlangan edi.
Izoh (0)