Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani “Ko‘hna shahar” mahallasida yashovchi O‘.Q. 6-oktabr kuni IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
U o‘z arizasida 28-sentabrdan 5-oktabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxslar “Ruslan chorvador invest” fermer xo‘jaligi dala maydonidan besh bosh qoramolini o‘g‘irlab ketganliklarini ma’lum qilgan.
Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “O‘zbekiston” mahallasida yashovchi R.Sh. va uning o‘g‘illari — O.Sh. hamda A.Sh. sodir etganligi aniqlangan.
IIV axborotida qayd etilishicha, gumonlanuvchilarning bari ushlangan. Ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)