O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-oktabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani paxta dalalarida bo‘lgan edi. 13-oktabr kuni esa viloyat hokimining farmoyishi bilan nafaqat Bo‘ka, balki Piskent, Bekobod, Chinoz va Yangiyo‘l tumanlari hokimlari ikki oylik maoshlaridan mahrum qilindi.
Viloyat hokimining farmoyishida qayd etilishicha, ikki oylik maoshidan mahrum qilingan tuman hokimlari Vazirlar Mahkamasining 30-avgustdagi “2018-yil hosili paxta xomashyosini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, deya xabar beryapti “Turon 24” agentligi.
Tuman hokimlari ikki oylik maoshidan mahrum qilinganidan tashqari, agar tuman uchun belgilangan kunlik reja bajarilmasa, egallab turgan lavozimidan ozod etilishi haqida ham ogohlantirilgan.
Izoh (0)