O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning xorijdagi uchta bosh konsulligiga rahbarlar tayinlanganini ma’lum qildi.
Abror Fatxullayev O‘zbekistonning Olmaota (Qozog‘iston)dagi, Kamol Ikromov Nyu-York (AQSh)dagi, Rustam Ismoilov esa Vladivostok (Rossiya)dagi bosh konsuli etib tayinlangan.
“Gazeta.uz”ning qayd etishicha, Olmaotadagi bosh konsullik Ostonaga ko‘chirilgan elchixona o‘rnida tashkil etilgan, Vladivostokdagi bosh konsullik esa yaqinda ish boshlagan.
Izoh (0)