Xalqaro Akfa universitetini Toshkentda 2019/2020-o‘quv yilidan ochish rejalashtirilmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”. O‘zbekiston Prezidentining “Toshkent shahrida Akfa xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Universitetni tashkil etish taklifini Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Akfa Medline kompaniyasi bildirdi.
Universitet pulli asosda funtamental, aniq, tibbiyot va gumanitar fanlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi.
O‘quv-metodik boshqaruv va ta’lim jarayonini olib borish universitet tomonidan yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan kelishuvlar asosida ta’minlanadi. Ta’lim berish ingliz tilida amalga oshiriladi.
Bitiruvchilarga universitet tomonidan belgilangan namunadagi oliy ta’lim haqidagi diplom beriladi. Universitetda ta’lim kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Universitet faoliyati ta’sischilar hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kiruvchi talabalar mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Xalqaro Akfa universitetiga Shayxontohur tibbiyot kolleji binosi bepul beriladi. OTM 2022-yil 1-yanvargacha universitet barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod etiladi.
Izoh (0)