Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 11-oktabr kuni ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashagan M.Sh. Lacetti rusumli avtomashinasini Furqat ko‘chasida joylashgan “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi oldida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay, yo‘l chetidagi daraxtga urildi.
Hodisa oqibatida mashina haydovchisi M.Sh. va uning yo‘lovchisi N.M. jarohat olib, voqea joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)