Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazida murakkab jarrohlik amaliyotlaridan biri muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazildi. Bu haqda markazning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Markazda hindistonlik shifokorlar 34 yoshli bemorga tirik qarindosh-donorining jigari transplantatsiyasini amalga oshirdi.
Jigar sirroziga chalingan farg‘onalik bemorga uning 29 yoshli ukasi donor bo‘ldi. Ushbu murakkab jarrohlik operatsiyasi O‘zbekistonda uchinchi marta o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, hozirda bemor va donorning ahvoli qoniqarli.
Izoh (0)