Rossiya Davlat dumasi deputati Vladimir Jirinovskiy 8-oktabr kuni sahnada yiqilib tushdi. Hodisa Vladimir viloyati gubernatori Vladimir Sipyaginning inauguratsiya marosimi vaqtida yuz bergan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Siyosatchining yodamchisi tomonidan ma’lum qilinishicha, Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi o‘zini yaxshi his qilgan. Nutq so‘zlash vaqtida u o‘ziga ishonch bilan gapirgan.
Sipyagin Vladimir viloyati gubernatorlik saylovlarining ikkinchi turida 57,03 foiz ovoz to‘plab g‘olib chiqqan.
Izoh (0)