Braziliyada 7-oktabrda o‘tgan prezident saylovlarida nomzodlardan birortasi 1-turda g‘olib bo‘lish uchun zarur bo‘lgan 50 foizdan ko‘proq ovozni to‘play olmadi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Saylovlar natijalariga ko‘ra, 2-turda Sotsial-liberal partiya nomzodi Jair Bolsonaru va Mehnatkashlar partiyasi vakili Fernandu Addad kurash olib boradi.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, Bolsonaru 46 foiz, Addad 28 foiz ovoz to‘plagan. Saylovlarning 2-turi 28-oktabrda bo‘lib o‘tadi.
Sentabrda pichoq bilan hujumdan keyin tiklanayotgan Bolsonaru shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra hozircha tarafdorlari oldida kam paydo bo‘lmoqda. U 2-turni yutish uchun tarafdorlarini safarbar qilishni davom ettirishini aytgan.
Addadning fikricha esa, Braziliyadagi demokratiya jiddiy xavflar bilan to‘qnashmoqda. U 2-tur arafasida demokratlarni birlashishga chaqirgan.
Izoh (0)