G‘azo sektori chegarasida Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvlarda 20 mingga yaqin kishi ishtirok etmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Hozirda G‘azo sektori chegasidagi bir necha nuqtada yuz berayotgan tartibsizliklarda 20 mingga yaqin kishi qatnashmoqda. Ular harbiylarga granata va toshlar uloqtirmoqda”, — deyiladi armiya matbuot xizmati bayonotida.
Falastin namoyishchilari hatti-harakatlariga javoban Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektori shimoliga ikki bor zarba berdi.
Izoh (0)