Italiya politsiyasi Yevropol hamkorligida Sitsiliyada eng xavfli mafiya boshliqlaridan birini qo‘lga oldi. Qo‘lga olingan kishining ismi oshkor qilinmayapti. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Yevropol tomonidan aniqlik kiritilishicha, Italiya politsiyasi qo‘lga olingan mafiya rahbarini 2016-yildan buyon izlagan. U 2006-yilda shimoliy Italiyada yuz bergan uchta shafqatsiz qotillikka aloqadorlikda gumonlanmoqda.
Qo‘shma operatsiya Italiyaning Eurosearch loyihasi doirasida amalga oshirilgan. Loyihaning maqsadi Yevropadagi xavfli mafiya rahbarlarini qo‘lga olish hisoblanadi.
Izoh (0)