Toshkent shahar hokimligida Janubiy Koreyaning Puchon shahri meriyasi vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Muzokaralarda Toshkent va Puchon ma’muriyatlari o‘rtasida o‘zaro do‘stona aloqalarni kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.
Puchon meriyasi vakillari Toshkentda ijtimoiy sohalar, xususan turizm va sog‘liqni saqlash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishdan ikkala tomon ham birdek manfaatdor ekanligini ta’kidladi.
Bu borada Puchon meriyasi vakillari tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha bepul o‘quv kurslarini tashkil etish tashabbusini ilgari surmoqda.
Shuningdek, uchrashuvda boshqa bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari ham muhokama etildi.
Izoh (0)