• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Islom Karimov prezidentligi davrida jadidchilarning pok nomi qayta tiklandi (video)

    Islom Karimov fondi O‘zbekiston Birinchi Prezidentining jadidchilar nomini, jadidchilik harakati namoyandalarining boy ilmiy-adabiy merosini qayta tiklashdagi o‘rni haqida maqola e’lon qilib, Toshkentdagi Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasi ochilishi (2000-yil 12-may)da bergan intervyusidan parchani ilova qildi.

    Foto: “Uzvisit.com”

    Foto: “Uzvisit.com”

    Turkistonda XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidchilik harakati Vatanimiz tarixida muhim sahifa ochdi. O‘sha davrning eng ilg‘or kuchlari sanalgan jadidlar bir zamonlar dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan o‘lka jahon taraqqiyotidan ortda qolayotganini teran his qilib, jamiyatni tubdan isloh etishga intildilar. O‘lkani mustamlaka kishani hamda asriy qoloqlikdan ozod etish, mazlum xalq qalbiga ma’rifat ziyosi va erk tuyg‘usini singdirish, jamiyatga baxt yo‘lini ko‘rsatish ma’rifatparvarlarning bosh maslagi edi. Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon, Avloniy kabi o‘nlab hur fikrli taraqqiyparvarlar ana shu ezgu maqsad yo‘lida fidokorona kurashdilar.

    Jadid namoyandalari sa’y-harakati bilan yangi usuldagi maktablar, nashriyotlar, kutubxonalar, xayriya jamg‘armalari tashkil qilindi, gazeta-jurnallar ta’sis etildi. O‘lkadagi dastlabki oliy o‘quv yurti – Turkiston xalq universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) ochilishida ham ularning xizmati katta bo‘ldi.

    Ammo murakkab tarixiy sharoit jadid bobolarimizga o‘z maqsadlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga imkon bermadi. Sho‘ro davlati o‘tgan asrning 20—30-yillarida amalga oshirgan qatag‘onlarda jadidchilik harakatining barcha taniqli vakillari qatl etildi. Hurriyat va ilmu ma’rifatni bayroq qilib chiqqan bobolarimizga “millatchi”, “xalq dushmani” tamg‘alari bosildi. Ma’rifatparvarlar yozgan badiiy, ilmiy va publitsistik asarlar xalq qalbida erk va g‘urur tuyg‘usini jo‘sh urdirishi, milliy o‘zlikni uyg‘otishi mumkin edi. Shu bois sobiq mustabid tuzum davrida jadid adabiyotini o‘qish taqiqlandi.

    1991-yili xalqimizning asriy orzusi ushaldi – O‘zbekiston istiqlolga erishdi. Mustaqilligimiz me’mori, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov milliy o‘zlikni anglash, boy ma’naviy-madaniy merosni qayta tiklashga istiqlolning ilk yillaridanoq davlat siyosati darajasida e’tibor qaratdilar. Jumladan, jadid bobolarimizga qo‘yilgan soxta ayblovlar olib tashlanib, ularning pok nomi qayta tiklandi. Salkam yetmish yil davomida temir sandiqlarda saqlangan kitoblar yana yorug‘ dunyo yuzini ko‘rdi. Jadidchilik harakati namoyandalarining boy ilmiy-adabiy merosi keng tadqiq etilib, ularning serqirra faoliyati darslik va qo‘llanmalarga kiritildi.

    Sobiq tuzum davrida xalqimizning ma’rifatparvar o‘g‘lonlari nom-nishonsiz ko‘mib tashlangan Toshkentning Bo‘zsuv sohilidagi qarovsiz joy Birinchi Prezidentimiz rahnamoliklarida obod ziyoratgohga aylantirildi. Bu yerda “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi hamda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi tashkil qilindi. 31-avgustni Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlash ezgu an’anaga aylandi.

    Yurt ozodligi va saodati yo‘lida shirin jonidan kechgan ma’rifatparvar bobolarimizning pok nomi tiklanishi chin ma’noda tarixiy haqiqat tantanasi bo‘ldi. Darhaqiqat, Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Is’hoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab ma’rifatparvar, fidoyi insonlarning o‘z shaxsiy manfaati, huzur-halovatidan kechib, el-ulus manfaati, yurtimizni taraqqiy toptirish maqsadida amalga oshirgan ezgu ishlari avlodlar xotirasidan aslo o‘chmaydi”.

    https://www.facebook.com/IslamKarimovFoundation/videos/1905946186163734/?t=99

    04.10.2018, 09:06   Izoh (0)   40726
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda YouTube ishlamay qoldi

    04.10.2018, 08:54

    O‘zbekistonda zilzila kuzatildi

    04.10.2018, 08:40

    Fotosayohat: O‘zbekiston yo‘llari bo‘yida nimalar sotilmoqda?

    04.10.2018, 08:29

    Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning mamlakat hududidagi aktivlarini xatlamoqchi

    04.10.2018, 08:18

    Samarqandda Spark oynasidan oyog‘ini chiqargan holda rulni boshqargan haydovchining shaxsi aniqlandi (video)

    04.10.2018, 08:15

    Aqto‘beda avtobusda yonib ketgan o‘zbekistonliklarning yaqinlari 21 mln dollar tovon talab qilmoqda

    04.10.2018, 08:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32

    Ukraina armiyasiga 23 ming zirhli transport vositasi kerak — OAV

    Dunyo | 26 iyul, 22:13

    Gaz va elektr tokini behuda sarflaganlar javobgarlikka tortiladi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:07

    Mahkumni ozodlikka chiqarib berish uchun 30 ming dollar talab qilgan advokat qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.