Facebook’dagi “Xalq fikri” guruhida Spark haydovchisi mashina oynasidan oyog‘ini chiqargan holda rulni boshqarib ketayotgani tasvirlangan video joylashtirilgandi.
Guruh ma’muri Farhod Ismoilov shundan so‘ng Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasiga “Kim ekan bu madaniyatli?” deya murojaat qoldirgan.
“Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlarining tezkor harakatlari natijasida ushbu qoidabuzar aniqlanib, tegishli ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi. Hamkorlik va tezkorlik uchun viloyat IIBga minnatdorchiligimizni bildiramiz”, – deyiladi uning Facebook’dagi sahifasida.
Izoh (0)