AQShning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha federal agentligi xodimlari 3-oktabr kuni birinchi marta mamlakat aholisini teraktlar yoki tabiiy ofatlar kabi jiddiy hodisalar haqida ogohlantirishga mo‘ljallangan tizimni umummilliy ko‘lamda sinovdan o‘tkazdi, deb yozadi “Hronika.info”. Idora xabarida aytilishicha, ushbu test haqidagi xabar AQShdagi deyarli barcha mobil telefonlarga jo‘natilgan.
AQShda soat taxminan 14:18 da (EST) baland tovushli signal bilan birga quyidagicha xabarnoma jo‘natilgan: “Bu shoshilinch xabar yuborish milliy simsiz tizimining sinovi. Hech qanday chora ko‘rish kerak emas”.
Federal agentlik aniqlik kiritishicha, “prezident trevogasi” deb ham ataluvchi tizim sinovi infratuzilmaning butun mamlakat bo‘ylab xabar yuborishga tayyorlik darajasini va qanday takomilliklar zarurligini aniqlash” maqsadida tashkil qilingan.
Izoh (0)