Facebook’dagi “Xalq fikri” guruhida Spark haydovchisi mashina oynasidan oyog‘ini chiqargan holda rulni boshqarib ketayotgani tasvirlangan video joylashtirildi.
Guruh ma’muri Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasiga “Kim ekan bu madaniyatli?” deya murojaat qoldirgan. Avtomobil raqam belgisi va ushbu postdan bu holat Samarqand ko‘chalaridan birida kuzatilganini payqash mumkin.
Hozircha boshqarma tomonidan bu holatga munosabat bildirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrida yosh bolasini tizzasiga o‘tqazib, Spark haydab ketayotgan ayol videosi muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. IIBB tomonidan ayolga nisbatan choralar ko‘rilgan.
Izoh (0)