Bugun Xalqaro press klubning navbatdagi anjumanida “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sharifjon Tursunov ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“Energiya resurslari: islohotlar davrida iqtisodiyot va iste’molchi madaniyatining muammolarini tahlil qilish” mavzusidagi mazkur anjumanda Sharifjon Tursunov gaz narxlarining oshishi aniq emasligini ma’lum qildi.
“Gaz narxlarining oshishi aniq emas. Narxlar oshishini tasdiqlay olmayman. Qolaversa, gaz narxlarining ko‘tarilishi yoki o‘zgarishini ‘O‘ztransgaz’ hal qilmaydi. Bu bizning vakolatimizga kirmaydigan masala”,— deya javob qildi Sharifjon Tursunov.
Izoh (0)