Xorazm viloyatining Urganch tumanida 1-oktabr kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 23-sentabr kuni Urganch shahrida yashovchi P.B. o‘zaro janjal oqibatida, Chandirqiyot qishlog‘ida yashovchi O.R.ning uyi oldida uning qorin qismiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada O.R. kasalxonaga yotqizilgan. P.B. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.