Oliy Majlis Senati 16-yalpi majlis davomida ichimlik suvi ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari 100 foiz oldindan haq to‘lash asosida ko‘rsatilishini ma’qulladi.
Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlari, bu joylarni ijaraga oluvchilar oldindan 100 foiz haq to‘lashni amalga oshirmagan taqdirda suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) tizimlaridan to‘liq uzib qo‘yishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.
Senatorlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlaridan debitor qarzdorlik 278 milliard so‘mdan oshdi. Bundan 227 milliardi aholi va 50,6 milliard so‘mi yuridik shaxslarga tegishli.
Eng katta qarzdorlik Toshkent shahri (55 milliard so‘m), Toshkent (46 milliard so‘m) va Namangan viloyatlariga (30 milliard so‘m) to‘g‘ri kelmoqda.
Izoh (0)