• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12892.91
    • RUB160.34
    • EUR14512.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonga mashhur fud-bloger Mark Vins tashrif buyurdi (foto va video)

    Oziq-ovqatga bo‘lgan sevgi insonni dunyoning qaysi burchaklariga chorlay olishi mumkinligi hayratlanarli! Haligina, juda ham ko‘p sahifa a’zolariga ega va dunyo bo‘ylab muxlislariga ega bo‘lgan mashhur fud-bloger — Mark Vins, O‘zbekiston kabi bir mamlakat haqida hech qanday tasavvurga ega emas edi.

    Mark — juda ham yengil qaror qabul qiladigan, ajoyib inson. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakili bilan qisqa elektron yozishuv — va u bizning mehmon, o‘zbek milliy taomlarini tatib ko‘rish uchun minglab kilometrlarni kesib o‘tishga rozi. Mark bizning yurtga yolg‘iz emas, umr yo‘ldoshi va kichkina o‘g‘li bilan tashrif buyurdi.

    Bloger O‘zbekistonning milliy taomlari haqida asosiy tushunchaga ega bo‘lgandan so‘ng, u viloyatlar taomlarini tatib ko‘rish uchun boshqa o‘zbek shaharlarini ziyorat qilish qarorini qabul qildi. So‘zsiz, must-visit joylari etib Samarqand, Buxoro va Xiva tanlab olindi. Markning O‘zbekistondagi safari davomida o‘zbek boshlovchisi, fud-bloger va vloger — Ravshan Hojiyev va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi boshchiligidagi O‘zbekiston milliy turistik mahsulotlarini targ‘ib qilish va marketing tadqiqotlarini boshqarish boshlig‘i — Behruz Hamzayev  unga yo‘lboshlik qildi. Toshkent Markni o‘zining mahalliy turli-tuman taomlari bilan lol qoldirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ko‘pgina taomlarni o‘zgarmas umumiy masalliq — go‘sht birlashtirib turadi. Shuningdek, Mark mahalliy ovqatlar juda yuqori kaloriyaga ega ekanligi bilan ajralib turishini ta’kidladi.

    Mark Vins — sayohatchi taomsevar, bloger, vloger, The Eating Thai Food Guide (“Tailand taomlarini tanovul qilish bo‘yicha qo‘llanma”) kitobining muallifi va shunchaki sarguzashtlar va yangi ta’mlarni sevuvchi inson. Mark AQShda tug‘ilgan, o‘zining xotini In va o‘g‘li bilan Tailandda istiqomat qiladi. Hatto yosh bolalik chog‘ida ham u o‘z hayotini sayohat qilishga bag‘ishlashga qaror qilgan — uning oilasi dunyoning turli mamlakatlarida ko‘plab yashash joylarini o‘zgartirdi. Kichgina Markning birinchi mamlakati Fransiya bo‘ldi, keyichalik ular Kongoda yashashdi, keyin Keniyada, Kanada va Gavayida edilar. Ulg‘ayib, Mark  o‘zi mustaqil sayohat qilishni boshladi — Argentina, Urugvay va Chilida bo‘lib, yana AQShga qaytdi. Keyingi 6 oy ichida u janubi-sharqiy Osiyo va Fillipinda bo‘ldi, va safarlari chog‘ida, internetga kirish imkoniyati paydo bo‘lganda o‘zining blogini olib bordi.

    Mark o‘zining barcha safarlarida, doimiy ravishda mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirib o‘tgan videolar yozardi; u mahalliy oshxonaga alohida e’tibor qaratar edi — xususan milliy taomlarga, hamda ko‘cha taomlariga. Ushbu qiziqish 2009-yilda mustaqil ovqat haqidagi trevel-blog paydo bo‘lishiga olib keldi — shunday qilib, har bir davlatni nafaqat sayohatchi nuqtai nazaridan, balkim mazali va turli xil taom tanovul qilishni sevadiganlar uchun, Migrationology.com sayti paydo bo‘ldi.

    Mark Vins

    Sayohatchi-taomsevar, fud-bloger

    Men O‘zbekistonga safarimdan nimani kutishni mutlaqo bilmasdim. Rostini aytganda, men faqatgina uning geografik joylashuvini bilardim, xolos.

    Yemoq — bu mening kasbim

    Men oziq-ovqatni aqldan ozish darajasigacha sevaman, men yeyishni yaxshi ko‘raman va shuning uchun men uni o‘zimning kasbim qilib oldim. Blogni yaratish fikri menga ancha vaqt oldin — universitetni tamomlaganimdan keyin keldi. Biroq men sayohatlarim haqida video tasvirlar olishni, shaxsiy blog yaratishdan oldin ham olganman. Dastlab men o‘zimga yaqin bo‘lgan davlatlarga, mashhur joylar, muzey, restoran, kichik qahvaxona va yodgorliklarga sayohat qilardim. Va men o‘ylanib qoldim — balkim men faqatgina albatta tashrif buyurilishi kerak bo‘lgan joylarni emas, balki o‘zimga qiziqarli bo‘lgan narsalarni suratga olaman?

    Meni shahar, muzey, yodgorliklar tarixlari qiziqtirmas edi (albatta ular gastronomik bo‘lmasa). Va blogimni o‘zimga qiziq va yaqin narsaga — ovqatga, qaratishga qaror qildim. Men kuniga 7—8 mahal ovqatlanaman, butun mamlakatga xos milliy taomlar restoranida, an’anaviy mahalliy taomli kichik qahvaxonalarda va ko‘cha fast-fudini tatib ko‘raman.

    Barchasiga oshxona javob beradi

    Amerikaning janub va shimolida, shimoliy Afrika davlatlari va ko‘pgina Osiyo mamlakatlarida bo‘lib, men ko‘p narsani ko‘rdim, ko‘p narsani o‘rgandim, eng muhimi — ko‘pgina ajoyib taomlarni yeb ko‘rdim. Biror joyga jo‘nashdan oldin, men tanlagan mamlakatning tarixi, dini va boshqa xususiyatlarini o‘rganish kerak deb bilmayman; agarda men biror bir davlatga borishni qaror qildimmi, meni hech narsa to‘xtatib qololmaydi. Men menga qaysi bir davlat eng ko‘p yoqqanligi yoki umuman yoqmaganligi haqida o‘ylab ko‘rmaganman; menda faqatgina ikki taassurot  bo‘ladi — “Juda ham mazali ovqatlandim” yoki “Mamlakat oshxonasi kutganimdagidek emas”. Oxirgi bo‘lgan davlatlarimdan, eng ko‘p Efiopiya va Indoneziya taassurot qoldirdi. Efiopiya boshqa hech bir davlat tenglasha olmaydigan o‘ziga xos va betakror madaniyati va oshxonasiga ega. Men undan, shuningdek go‘shtdan tayyorlangan taomlarni tanovul qilib, bir talay rohat oldim.

    Nimaga Indoneziya? Chunki Indoneziyada ko‘plab orollar bor, demak, mazali ovqatlanish uchun ko‘pgina joylar! Jiddiy aytganda, men ushbu mamlakatning tabiati va havosini sevib qoldim, chindan ham jannatmakon orollar va yuz turga yaqin shirin mevalar — ularsiz qanday. Indoneziya oshxonasi asosan dengiz mahsulotlaridan tashkil topgan; yangi ushlangan va tayyorlangan tutqich bilan hech nima teng kela olmaydi, qaysi og‘zingda erib, mening gastronomik palitramda o‘zidan mazali iz qoldiradi.

    Mening sayohatlarga bo‘lgan ehtirosimni oilam ham baham ko‘radi. Bo‘lgan mamlakatlarimning barchasidan, men Tailandni ajratardim — axir bu joy, men o‘z umr yo‘ldoshimni uchratgan joy. Hozirgi kunda Tailand — bu mening uyim. Biz butun oilamiz bilan o‘sha yerda yashaymiz, xotinimning ota-onasi bilan birgalikda. Men Inni o‘zimning Tailanddagi o‘qishim va hayotim davomida uchratdim. U — ajoyib oshpaz, sayohatsevar, mazali ovqatlanishni sevuvchi va men umuman uchrata olishim mumkin bo‘lgan eng ajoyib inson. Men Inni uchratganimdan va u menga turmushga chiqishga rozi bo‘lganidan juda baxtiyorman. Biz Bankokdagi restoranda turmush qurdik, an’anaviy katta to‘yona tort o‘rniga bizda bahaybat durian bor edi.

    Biz o‘g‘il o‘stirmoqdamiz va men oilam har doim oldimda ekanligidan baxtiyorman. Endi biz uchalamiz dunyo bo‘ylab sayohat qilib, ishtaha bilan turli xil taomlarni tatib ko‘rmoqdamiz. Sayohatdan uyga qaytganda, ovqatni xotinim yoki uning oyisi tayyorlaydi — ularning ikkalalari ham buni juda maromiga yetkaza olishadi. Mening o‘zim ham go‘sht va achchiq taomlarni juda yaxshi ko‘rishim sababli, Tailand taomlarini sevib iste'mol qilaman.

    Blogerning mehnati haqida

    Blogerlik — bu birinchi navbatda qilayotgan ishingizdan zavq olish. Biroq bundan tashqari unutmaslik kerak, bu mas’uliyat, rostgo‘ylik va katta mehnat hamdir. Mening loyihalarim muvaffaqiyatsizlikka uchragan va deyarli pulsiz bo‘lgan paytlarim bo‘lgan, ammo hech narsa meni to‘xtata olmagan. Men blogimni yanada yaxshiroq — foydaliroq, obunachilarga qiziqarliroq qilish haqida soatlab o‘ylashim mumkin edi. Albatta, bu biznes hamdir, men bunda ishlab topaman va mening sevimli mashg‘ulotim menga daromad olib kelishidan baxtiyorman. Daromadning asosiy qismini homiylik, reklama va boshqa men ishtirok etadigan loyihalar tashkil etadi.

    Bundan tashqari, har bir blogerda o‘zining uslubi, strategiya va rejasi bo‘lishi kerak. Eng muhimi — samimiy bo‘lish va haqiqiy his-tuyg‘ularni ko‘rsatishdir, axir odamlar barchasini ko‘zga qarab bilishadi va yolg‘onni darhol sezishadi.

    Hech qanday salbiylik

    Men taom haqida gapiraman, men uni iste’mol qilaman, biroq men uni tanqid qilmayman. Kamdan-kam hollarda menga hech narsa yoqmaydi. O‘zimni barcha narsani yeydigan odam deb aytishim ham mumkin. Ko‘pincha, agar biror narsa meni qoniqtirmasa, men buni o‘zimning ta’mga bo‘lgan afzalliklarim bilan tushintiraman. Axir, menga yoqmagan narsa, boshqacha ta’mga ega bo‘lgan kishiga xush ko‘rishi mumkin.

    Menda bir nechta “yoqdi” toifalarim bor. Mening: “Ha, bu yomon emas!” so‘zim — men buni ikkinchi bor yemasligimni anglatadi.

    O‘zbekiston haqida

    Avvalo, bu ajoyib mamlakatga safarimdan juda mamnunman; va nafaqat men, balkim xotinim ham. Birinchi bo‘lib, xalqingizning samimiy va mehmondo‘stligiga men e’tibor berdim. Madaniyatni his etish uchun faqatgina bir hafta menga yetdi; biroq asosiysi, shubhasiz, oziq-ovqati edi. (kuladi)

    Taomlari naqadar mazali! Bu yerga tashrifimning birinchi kunlari men mahalliy bozorda xonim, yana ot go‘shtidan tayyorlangan beshbarmoqni tatib ko‘rdim. Shundan so‘ng men intizorlik bilan men uchun noodatiy bo‘lgan oshxona bilan tanishuv davom etishini kutdim. Eng ko‘p menga yoqqani, sabzavotlarni shakarlantira olishning qo‘lingizdan kelishi va go‘shtning sersuvligini saqlab qola olishingiz, bular sizning mamlakatingizda, takidlash kerak, eng mazalilardandir. Mahalliy meva va sabzavotlarning mo‘lligi, rang-barangligi va ta’mini ajratib o‘tmaslikning iloji yo‘q.

    Tan olaman, tarixiy yodgorliklar, arxitektura va boshqalar meni qiziqtirmaydi, biroq O‘zbekistonda men ularni e’tiborsiz qoldirolmadim. Yo‘lboshchilarni qiynab qo‘yishga majbur bo‘ldim, chunki ular har kuni yigirma kilometrdan ko‘proq piyoda yurishlariga to‘g‘ri keldi. Men bunaqaga ko‘nikib qolganman-kuya. Baxtimga ko‘ra tashrif buyurgan uchta shahrimdan, Samarqand ko‘nglimda qoldi. Albatta, uning takrorlanmas oshi tufayli. Shu bilan birga, Buxoro va Xiva ham juda samimiy qabul qildi. Hattoki Xivada bizni mahalliy aholi mehmonga taklif qilishdi, shuningdek men erkaklarning “Gap” nomli uchrashuvida bo‘ldim, u meni juda hayratga qoldirdi.

    Bu hordiq chiqarishning a’lo usuli, axir bir paytning o‘zida ko‘ngilga yaqin suhbatlar o‘tkazib, mazali taomlar tanovul qilish mumkin (kuladi).

    Odatda joylarni o‘zim tanlayman, lekin bu safar emas. Ma'lum bir o‘zgartirish kiritishga qaror qildim va yo‘lboshchilarimga ishondim.

    Tan olaman, juda xursand bo‘ldim! Biz unutilmas vaqt o‘tkazdik, juda ko‘p joylarda bo‘ldik, katta miqdordagi materialni sur'atga oldik.

    Sarguzashtimning oxirida men Toshkentdagi do‘lma va lag‘mon kabi milliy taomlarni tayyorlash bo‘yicha master-klassida bo‘ldim, ajoyib insonlar bilan tanishdim va bu yerda bo‘lishimning oxirgi soatlaridan bahra oldim. Bundan-da zo‘rini men kutishim mumkinmas edi!

    Mark Vins — samimiy va do‘stsevar, nur va ijobiy kayfiyat taratuvchi inson. O‘zbekiston bo‘ylab safarining hikoyasi davomida uning ko‘zlari chinakam bolalinikidek chaqnab, barcha so‘zlardan ko‘ra chiroysuxan edi.

    Ravshan Hojiyev

    Shoumen, fud-bloger, PROVEDU (Youtube) kanalining asoschisi

    — Siz Mark Vins bilan uning O‘zbekistonga kelishidan oldin tanish edingizmi?

    — Mark bilan men, albatta, tanish edim, faqatgina unga obunachi sifatida. Shaxsan esa, Toshkentga kelganidan keyin tanishdik. Bunday ochiq ko‘ngil odam bilan tanishuv juda oson va tez sodir bo‘ldi — eski shahardagi birgalikdagi nonushtamizda, 10 daqiqa ichida.

    — Siz ham fud-blogersiz. Turli mamlakatlardagi ikki blogger orasida tajriba almashinuvi bo‘ldimi?

    — Bu ishda, musiqada kabi, o‘zining yetti notasi bor, o‘zining bazalari va men bu haqida ancha oldin — hali san’at institutining talabasi bo‘lib turib bilganman. Biroq biz, albatta, texnik arsenal va prodakshn haqida juda ko‘p suhbatlashdik. Ko‘p hollarda fikrlarimiz bir xil edi, va bu ajoyibdir.

    — Safaringizdan yodingizda eng ko‘pi nima qoldi?

    — Markning haddan tashqari botirligi menga juda yoqdi. U mutlaqo ikkilanmasdan barcha narsani tatib ko‘rardi va ulkan hurmat va ehtirom bilan Sharq an’analari va etiketiga sho‘ng‘idi.

    — Sizning videolaringiz ostida, siz Tashqi Ishlar Vazirligidan yaxshiroq ishlashingiz haqida, ko‘pgina sharhlar bor edi. Bu haqda nima deya olasiz?

    — Ha, bunday mulohazalarni muntazam ravishda ko‘rib turaman. Bu maroqli, lekin, albatta, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Davlat qo‘mitasi va vazirliklarda katta ishlar olib borilmoqda, ichi yonib, ko‘zlari porlab turgan yoshlar hamma narsaga yangi nuqtai nazar bilan qaramoqdalar va ular mehnatlarining mevalari hali pishib yetadi!

    Markning tashrifi ham Davlat turizm qo‘mitasi yosh guruhining tashabbusi bilan o‘ylangan va amalga oshirilgan edi. Shubhasiz, bolalar bizni hayratlantirishda davom etishadi va ular “medal” uchun emas, balkim xalq uchun harakat qilayotganlari uchun ulardan juda minnatdorman.

    — Mark va umuman sizning sayohatingiz haqida nima deya olasiz?

    Bilasizmi, menimcha, buni oldin ham o‘zimning kanalimda aytgan edim — sizga yaxshi tanish bo‘lgan barcha narsa, boshqa kishi uchun birinchi bor yuz berayotganligida, uning bunga munosabatini kuzatish juda qiziq bo‘ldi.

    Ta’b, ko‘rinish, tarix, shakllar — mutlaqo barchasi Mark uchun yangi edi. O‘zbekiston mehmonda shunchalik ko‘p darajada his-tuyg‘ularni uyg‘otgani, juda yoqimli.

    Mark — judayam oqko‘ngil inson va men bilgan jahldor bo‘lmagan odamlardan biri — men uning biror marta g‘azablanganini ko‘rmaganman.

    E’tiborli er, mehribon ota, bir so‘z bilan aytganda — juda yoqimli kishi.

    Behruz Hamzayev

    O‘zbekiston milliy turistik mahsulotlarini targ‘ib qilish va marketing tadqiqotlarini boshqarish boshlig‘i

    — Chet ellik blogerlarni chaqirish g‘oyasi qanday paydo bo‘ldi?

    — Bizning tashkilot o‘z faoliyatini bir necha oy oldin boshlagan. Biz ishlayotgan yo‘nalish — O‘zbekistondagi sayyohlar oqimining oshirilishi va massifikatsiyasiga yo‘naltirilgan. Biz noodatiy biron bir narsa istadik, chunki tendensiyalar juda tez o‘zgarmoqda, sifatli kontent jalb qilib, turizm resurslaridan to‘g‘ri foydalanish uchun qiziqarli yechim topdik. Inflyuyenserlarni, ya’ni bloggerlarni, vlogerlarni va ijtimoiy tarmoqlardagi boshqa taniqli kishilarni taklif qilishni boshlash qarori qabul qilindi. Biz tanlagan kishilarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular biron bir yirik tashkilot yoki ommaviy axborot vositasiga qarashli bo‘lmay, o‘zlarining kuchi bilan mashhurlikka erishishgan.

    Chet elliklar biznikiga qandaydir oddiy reklama tasvirini biror bir kanalda ko‘rganlari uchun kelishlarini istamaymiz. Bizning madaniyat bilan “ichidan” tanish bo‘lish uchun, bizga, misol uchun Mark Vinsning blogi kabi insonlar kerak. Axir, bloggerlarning tomoshabinlari ularga ishonadi. Ayni paytda 50 dan ortiq turli yo‘nalishdagi bloggerlar bilan bog‘landik va bizning birinchi mehmonimiz Mark Vins bo‘ldi.

    — Nima uchun aynan Markni taklif qildingiz?

    — Mark bilan bizda juda qiziq voqea sodir bo‘ldi. Gid bo‘lib ishlaganimda, mamlakat va sayohatlar haqida tez-tez qiziqarli ma’lumotlar topishga majbur edim. Albatta, aksariyatini ijtimoiy tarmoqlarda topar edim. Va bir kuni tasodifan men Markning kanaliga duch keldim, u menga juda yoqdi. Meni o‘z videotasmalarida mamlakat va shahar haqida sodda, rang-barang va samimiy fikr bildirishi rom etdi.

    Men darhol unga xat yozdim; Mark juda muloyim va muloqot uchun ochiq inson edi va o‘ndan ziyod xatlardan so‘ng u allaqachon O‘zbekistonda edi! Tan olaman, u biz taklif qilgan barcha bloggerlarning ichida yagona eng tez ko‘ngani edi. Biz Mark bilan juda oddiy shartlarda kelishib oldik — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mamlakatimizga kelishiga bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi, biroq gonorar to‘lanmaydi. Eng ajablanarlisi shundaki, Markni bu umuman xijolat qilmadi.

    — Safaringizdan eng ko‘pi nima yodingizda qoldi?

    — Markni uchratganimizdan, ertalab birinchi kuniyoq mashhur Chig‘atoyga yo‘l oldik,  u yerda qaymoq bilan mazali kulchalarni yedik. Keyin Chorsuga bordik, va bir nechta ovqatlarni — somsa, osh, gumma, norin, hasip, halim, sho‘rva va katta lagan shilpildoq tatib ko‘rdik. Meva va shirinliklarni hisobga olmagan holda, kuniga 10 xil taom! Ishonmaysiz — u barchasini oxirigacha yeb qo‘yib, unga shubhasiz yoqayotganligini ko‘rsatar edi!

    Biz unga nafaqat o‘zbek xalqining taomlarini, balki “dasturxon” madaniyatini ko‘rsatishga harakat qildik; choyxona bo‘ylab yurib, erkaklar bu yerda qachon va qanday yig‘ilishini va “gap” nima ekanligini tushuntirdik. Hattoki bizda to‘yga tashrif buyurish va unga to‘y marosimi dasturxoni taqdim etish imkoniyati bo‘ldi! Biz unga o‘zbekning mehmondo‘stligi dasturxon atrofidagi samimiy va quvnoq suhbatlarda aks etishi fikrini yetkazmoqchi edik. O‘zbek taomlaridan tashqari, biz Markni kelib chiqishi hind, fors va tojik taomlari bilan mehmon qildik — mamlakatimizning ko‘p millatliligini va bir qozonda, barchamiz uchun birdek sevimli bo‘lgan taomlarni namoyish etdik.

    — Sizningcha, Markning tashrifi nimaga ta’sir etadi?

    — Avvalo, Markning juda ajoyib va ​​qiziqarli inson ekanligini aytishim mumkin. U o‘zida juda katta hajmda ijobiy zaryadga ega. Mamlakatimizga hech qanday rag‘batlantirishsiz sharti bilan kelishga rozi bo‘lganligi, menda unutilmas taassurot qoldirdi.

    Oktabr oyining o‘rtalarida Mark Vins bizning mamlakatdan videoreportajlar bilan bo‘lishishni boshlaydi; ular ko‘p qismli bo‘lishiga Mark so‘z berdi.

    Markning Youtube’da yangi videoni intizorlik bilan kutuvchi 2,5 millionga yaqin obunachilar bor; tomoshabinlarning keng qamrovi tufayli, yaqinda bizning xarajatlarimiz o‘zini qoplaydi va Markning obunachilaridan turistlar bizning mamlakatimizga kelishni boshlashadi. Biz Markga yana bir bor uning sadoqati, oshkoraligi, o‘zbek taomlari va madaniyatini o‘rganish uchun bir hafta bag‘ishlagani uchun tashakkur bildiramiz. Kelajakda boshqa bloggerlar bilan ko‘plab uchrashuvlar rejalashtirilmoqda, qaysilarining ismlari hozircha sir.

    Turizm bo‘yicha davlat qo‘mitasida bu borada juda katta rejalar mavjud, chunki zamonaviy dunyoda bloggerga tomoshabinlar ishonishadi va blogerlar obunachilariga katta ta’sir ko‘rsata oladi — millionlab odamlar uchun ularning foto va video hisobotlari barcha reklama va teleko‘rsatuvlarini birgalikda olganda ko‘ra ancha ishonchli.

    Maqola Maftuna Xalillayeva va E’zoz Mirza-Ahmad tomonidan tayyorlandi

    02.10.2018, 11:08   Izoh (0)   23423
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xalq ta’limi vazirligi maktablarga homiylik mablag‘larini jalb qilish uchun shaffof platformani ishga tushirdi

    02.10.2018, 10:47

    Shuhrat G‘aniyev Toshloq tumani hokimligi rahbariyatiga hayfsan berdi

    02.10.2018, 10:27

    Samarqandda yuk mashinasidagi 10 tonna paxta yonib ketdi (foto)

    02.10.2018, 10:15

    O‘zbekistonda 17 kun ichida paxta terimiga majburiy jalb qilish holati yuzasidan 410 ta murojaat kelib tushdi

    02.10.2018, 10:03

    Toshkentda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqi berish bo‘yicha Prezident farmoni bajarilyaptimi?

    02.10.2018, 09:53

    “O‘zbekneftgaz” Amerika kompaniyasi ko‘magida mintaqadagi yagona bazaviy moylarni ishlab chiqarishni tashkil etadi

    02.10.2018, 09:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda fuqarolarga AQSH vizasini olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 21 may, 21:15

    O‘zbekiston Kubogi. “Lokomotiv” 6 ochko bilan guruhda qolib ketdi, “Olimpik Mobiuz” esa pley-offga yo‘l oldi

    Sport | 21 may, 21:09

    Toshkentning to‘rtta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi

    O‘zbekiston | 21 may, 20:55

    O‘zbekistonda avia, temiryo‘l va avtobus chiptalarini olish imkonini beruvchi yagona platforma ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 21 may, 20:40

    Xitoyda hayvonlar uchun mo‘ljallangan ilk trenajyor zali ochildi

    Layfstayl | 21 may, 20:25

    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi

    Reklama | 21 may, 19:30

    Xitoyning eng yirik portlaridan biriga Toshkentdan birinchi poyezd jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston | 21 may, 20:10

    Huawei dunyodagi birinchi buklanadigan ekranli kompyuterni namoyish etdi

    Layfstayl | 21 may, 19:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.