Yaponiyalik olimlar va muhandislar guruhi asosan plastmassadan tayyorlangan elektromobilni yaratdi. Bu haqda NHK xabar berdi.
Konsept-kar Tokioda taqdim etilgan. Elektromobil Yaponiya Vazirlar mahkamasi tomonidan boshqarilayotgan innovatsion texnologiyalar yaratish bo‘yicha dastur doirasida yaratilgan. Suyri shakldagi avtomobilning uzunligi to‘rt metrdan ortiq. Uning korpusining 90 foizi maxsus tayyorlangan sintetik materialdan yasalgan.
Yangi avtomobilning vazni standart modeldan 40 foizga yengilroq va ikki baravar kamroq yoqilg‘i talab qiladi. Yangi modelning ommaviy ishlab chiqarilishi atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.
Izoh (0)