Rossiyaning Qrim o‘lkasida avtobus va yengil avtomobil ishtirokida yuz bergan YTHda besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yengil avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va avtobusga to‘qnashgan, oqibatda besh kishi halok bo‘lgan.
Hudud favqulodda xizmati tomonidan xabar berilishicha, hodisa 24-sentabr kuni Pervomayskiy tumanidagi Kashtanovka qishlog‘i hududida yuz bergan.
Izoh (0)