AQSh prezidenti Donald Trampning allaqachon The Beast (“Yirtqich”) deb nom olishga ulgurgan yangi limuzini prezidentning Nyu-Yorkka — BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasiga tashrifi chog‘ida birinchi marta keng ommaga namoyish qilindi, deb yozadi “Avtovesti”.
Yangi limuzin bahordayoq tayyor bo‘lgan, ammo shu vaqtgacha Donald Tramp o‘zidan avvalgi prezidentning limuzinida yurgan.
“Yirtqich” og‘ir pikap platformasida yaratilgan. Uning ichida avtomatik o‘qotar qurollar arsenali, ko‘zni yoshlantiruvchi gaz otadigan qurollar bor, eshik dastalari esa elektr shoking tizimi bilan ta’minlangan. Shuningdek, limuzinda Trampga zarur guruhdagi qon zaxirasi ham mavjud.
Shinalar o‘q va siniqlarga qarshi tura oladi. Hujum qilingan taqdirda, limuzinning bronekapsulasi to‘liq germetikka aylanadi.
Izoh (0)