O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan GM Uzbekistan AJ dilerlik korxonalari bilan hamkorlikda maxsus aksiyani yo‘lga qo‘ymoqda.
Endilikda Spark R2 Optimum A/T avtomobilini xarid qilib, faol dilerlik markazlari hamkorligida tashkil etilgan 1 000 000 so‘m chegirma ko‘rinishidagi sovg‘aga ega bo‘lasiz.
Aksiya 2018-yilning 26-sentabridan 10-noyabriga qadar davom etadi.
Mazkur aksiya butun respublika bo‘ylab Spark R2 Optimum A/T avtomobilini imtiyozli kredit shartlarini taklif qilayotgan GM Uzbekistan kompaniyasining avtokreditlash bo‘yicha rasmiy hamkori InfinBank tomonidan qo‘llab- quvvatlanadi.
Spark R2 Optimum A/T avtomobili uchun imtiyozli avtokreditni quyidagi kredit shartlarida rasmiylashtirish mumkin:
10 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilganda 5 yilgacha muddatga yillik 22 foiz ustama;
30 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilganda 3 yilgacha muddatga yillik 20 foiz ustama;
50 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilganda 2 yilgacha muddatga yillik 19 foiz ustama;
60 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilganda 15 oygacha muddatga yillik 18 foiz ustama.
Izoh (0)