Toshkentdagi Mustaqillik shoh ko‘chasida eman daraxtlari kesilishda davom etmoqda, deb xabar beradi “Sreda.uz”.
Daraxt kesuvchilar nashr muxbiriga tuman hokimligining tabiatni muhofaza qilish organlari bilan oldindan muvofiqlashtirilgan yozma ruxsatnomasini taqdim eta olmagan. Daraxtlar hokimning buyrug‘i bilan kesilayotgani aytilgan, xolos. “Bunga ishonish mumkin, chunki ishlar yo‘lning avtomobil yuradigan qismida amalga oshirayotganiga qaramay, militsiya ishchilarga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Xabarda shaharliklarning noroziliklariga qaramay, daraxtlar foydasiga hech narsa o‘zgarmayotgani aytiladi. “Ishchilar kimlarningdir buyrug‘i bilan daraxtlarni kesmoqda. Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi kim uchun mo‘ljallangani tushunarsiz, va u bajarilmayapti ham”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)