21-sentabr kuni Toshkent shahriga Malayziyaning Perlis shtati muftiysi Mohd Asri Zaynul Abidin boshchiligidagi Malayziya diniy ulamolari guruhi keldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent, Samarqand va Buxorodagi islom qadamjolarini ziyorat qilish, mamlakatning tarixiy va me’moriy obidalari bilan tanishish, O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazish tashrif dasturiga kiritilgan.
Izoh (0)