2018-yilning 23-sentabr kuni Turkiya Respublikasining Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirim rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Turkiya Parlamenti raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
Turkiya delegatsiyasi tashrifi dasturiga ko‘ra Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish, Samarqand va Buxoro shaharlariga tashrif buyurish rejalashtirilgan.
Izoh (0)