Buxoro shahridagi 84-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi ruhshunosi O. Z. firibgarlik ustida qo‘lga olindi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
O. Z. hamshahari Zevar Zoirovaning ishonchiga kirib, unga “xolis” xizmat taklif etadi. “Muassasaning vasiylik kengashiga pul bersang farzandlaring ’bog‘cha puli’dan ozod qilinadi”, — deydi u.
Shu tariqa u mahallaning kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatida turgan ayoldan 250 ming so‘mni sanab olmoqchi edi. Ammo niyatiga yetolmadi.
O.Z. jinoyat ustida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Izoh (0)