Yaponiyaning Obayashi Corporation kompaniyasi 11-sentabr kuni kosmik liftning ilk sinov modelini orbitaga uchiradi, deb yozadi TJournal.
Model yonlari 10 santimetrlik kub shaklidagi ikkita sun’iy yo‘ldosh hamda lift kabinasining mini-prototipi va po‘lat arqondan iborat bo‘ladi.
Liftning o‘zini kompaniya 2050-yilgacha qurishni rejalashtirmoqda, u 36 ming km balandlikka 100 tonnagacha yukni olib chiqa oladi.
Izoh (0)