“Toshshahartransxizmat” 2019-yilda shahar jamoatchilik transportida yo‘l haqi to‘lovining elektron tizimini joriy qilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”. Kompaniya boshqaruv raisi Mohirxo‘ja Valiyevning aytishicha, joriy yil oxirigacha tizimni yo‘lga qo‘yish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya tanlanishi kerak.
“Biz hamon Sovet Ittifoqi tizmi bo‘yicha ishlaymiz. Bu muammoni juda qisqa vaqtda hal qilishimiz kerak. Elektron to‘lov tizimini joriy qilsak, masalalarning 70 foizi yechimini topardi, chunki haydovchida reja bo‘lmasdi. 30—40 foizga oshirilgan qat’iy belgilangan maosh bo‘lardi”, — dedi u.
Elektron tizimning joriy etilishi yo‘l haqi tariflarini optimallashtirish va ularni o‘zgaruvchan qilish imkonini ham beradi.
Shuningdek, 2019-yil 1-iyungacha barcha avtobuslarda ikki-uchtadan videokuzatuv kameralari paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, avtibuslarda bekatlar haqida xabar beruvchi avtoinformator va elektron tablolar o‘rnatiladi.
Izoh (0)