• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: yil yakunigacha 3,5 oy vaqt bo‘lsa-da, kelgusi yil rejalarini hozirdanoq belgilab olishimiz kerak

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-sentabr kuni davlat budjetiga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni to‘liq bajarish, 9 oy va yil yakuni bo‘yicha belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish, paxta-to‘qimachilik sohasida klasterlarni joriy etishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    — Bugungi yig‘ilishimizda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifa va maqsadli parametrlarni bajarish holatini muhokama qilib, yana qo‘shimcha rezervlarni ishga solish choralarini ko‘rishimiz, yil yakunigacha 3,5 oy vaqt bo‘lsa-da, kelgusi yil rejalarini hozirdanoq belgilab olishimiz kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Chunki iqtisodiy o‘sish – bu birinchi navbatda yangi korxonalarni qurish va kengaytirish, yo‘l-transport, ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, inflyatsiya va narxlarni jilovlash hamda odamlarni ish bilan ta’minlash deganidir.

    Biz bu borada oxirgi 2 yil mobaynida juda ulkan islohotlarni, ko‘plab yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirdik va davom ettirmoqdamiz.

    Ushbu ustuvor vazifalarni va fuqarolarimiz hayotini yanada yaxshilash yuzasidan zimmamizga olgan majburiyatlarni muvaffaqiyatli bajarishimiz uchun respublika va mahalliy budjetlarga qo‘shimcha daromadni ko‘paytirishimiz zarur.

    Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirish uchun qabul qilingan investitsiya dasturlarini izchil amalga oshirishimiz kerak.

    Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va barqaror rivojlantirish uchun yetarli valyuta tushumini ta’minlash, buning uchun mahsulotlarimiz raqobatbardoshligini oshirib, ularni eksportga jo‘natishni ko‘paytirishimiz darkor. Qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy bozor munosabatlarini keng joriy etish maqsadida paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berishimiz kerak, dedi davlat rahbari.

    Yig‘ilishda shu borada amalga oshirilgan ishlar natijalari tahlil qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilab berildi.

    Prezidentning joriy yil boshida bergan topshirig‘iga muvofiq, budjetga qo‘shimcha daromad tushirish bo‘yicha rezervlar izlab topilib, ularni safarbar qilish choralari ko‘rilgan edi. Buning natijasida 8 oyda davlat byudjetiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 foiz ko‘p daromad tushirildi. Jumladan, mahalliy byudjetlarga tushumlarning o‘sishi 22 foizni tashkil etdi.

    Shavkat Mirziyoyev qo‘shimcha daromadlarni yanada oshirish imkoniyatlari borligini ta’kidlab, mutasaddilarga bu borada aniq manbalar va chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Mahalliy hokimliklar ixtiyorida qolayotgan qo‘shimcha daromadlarni samarali va maqsadli sarflash masalasiga ham e’tibor qaratildi.

    Yig‘ilishda joriy yilning 9 oyi va yakuni bo‘yicha belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish, narx-navo o‘sishining oldini olish, investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksportni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

    Davlat rahbari maqsadli va prognoz parametrlariga erishishda muammo mavjud bo‘lgan soha va tarmoqlarda ishlarni jadallashtirish, belgilangan ko‘rsatkichlarni ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

    Joriy yilda ishga tushirilishi mo‘ljallangan obyektlarni foydalanishga topshirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati tahlil qilindi.

    Har bir investitsiya loyihasini ko‘rib chiqib, qoloqlik mavjud bo‘lganlarini jadallashtirish, bunga to‘siq bo‘layotgan muammolarni hal qilish, ishlab chiqarishni tezroq boshlash muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, 2019-yilgi investitsiya dasturi loyihasini shakllantirishni yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Yig‘ilishda eksport masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. 9 oy yakuni bilan eksport hajmi 2017-yilning mos davriga nisbatan 19 foiz oshishi kutilayotgani qayd etildi.

    Prezident har bir eksportchi korxona va eksport qilinadigan mahsulot turi bo‘yicha ko‘mak berish chora-tadbirlarini ishlab chiqib, ularni amalga oshirishni ta’minlash lozimligini ta’kidladi.

    Takroriy maydonlardan kutilayotgan 607 ming tonna eksportbop mahsulotlar, shuningdek, sentyabr-oktyabr oylarida issiqxonalarda yetishtiriladigan sabzavot ekinlarini eksport qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

    Bozorlarda narxlar oshishiga yo‘l qo‘maslik, 501 ming tonnadan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilish va ularni qish-bahor oylarida xalq talabiga mutanosib ravishda ichki bozorlarga chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Yig‘ilishda paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

    Joriy yilda 20 ta tumanda 164 ming gektar maydonda klaster usulida paxta yetishtirish yo‘lga qo‘yilib, bu tajriba dastlabki natijalarini bera boshladi.

    O‘zini oqlayotgan bu tizimni yanada kengaytirish maqsadida kelib tushgan takliflar ko‘rib chiqilib, ishlab chiqarish quvvatlari va moliyaviy imkoniyati mavjud bo‘lgan 44 ta tashabbuskor tanlab olindi. 2019-yilda 61 ta klaster tomonidan jami paxta maydonlarining 51 foizida paxta yetishtirish rejalashtirilmoqda.

    Kelgusida paxta yetishtiruvchi 133 ta tumandan 70 tasi to‘liq klaster tizimiga o‘tadi. Yangi tashkil etilayotgan klasterlar tomonidan 41 ta korxona tashkil etilib, 23 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

    Yangi quvvatlarni tashkil etish va klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish natijasida, 2019-yilda ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 78 foizi o‘zimizda qayta ishlanadi. Bu 2017-yilga nisbatan 2 marotaba ko‘p degani. 2020-yilga borib, paxta tolasini to‘liq qayta ishlashga o‘tiladi. Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish ulushi 40 foizdan kamida 60 foizga yetkaziladi.

    “Shuning uchun klasterlar faoliyatiga har tomonlama yordam berishimiz zarur. Paxtachilikda qishloq xo‘jaligining kelajagi, uning iqtisodiy samaradorligi klasterlar bilan bog‘liq. Klasterlar agrar sohani jadal rivojlantirishning “lokomotivi” bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Joriy yilda paxta-to‘qimachilik klasterlariga berilgan barcha imtiyozlarni keyingi yillarda tashkil etiladigan klasterlarga ham tatbiq etish, klasterlar faoliyatini yanada kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

    2019—2023-yillarda qishloq xo‘jaligida tomchilatib sug‘orish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish dasturini ishlab chiqish, sohaga xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlarini jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    13.09.2018, 08:38   Izoh (0)   23471
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kim Dong Xo: Janubiy Koreyada ishlaydigan muhojirlar orasida o‘zbeklar eng intizomlisi

    13.09.2018, 08:08

    TIVda AQSh Davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    13.09.2018, 06:32

    Terrorchilikda ayblanib, O‘zbekistonda 16 yilga qamalgan Afg‘oniston fuqarosi afv etildi (video)

    12.09.2018, 22:15

    O‘zbekiston iyul oyidan buyon Ural va Sibirga 700 tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotlari eksport qildi

    12.09.2018, 22:02

    Toshkentdagi avtobus saroylaridan biri Singapur kompaniyasiga berilishi mumkin

    12.09.2018, 21:37

    KFC’ning O‘zbekistondagi birinchi restorani ochildi

    12.09.2018, 21:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Lautaro Martines: “Kimdir “Inter”da qolishni istamasa — xayr”

    Sport | 1 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ldi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 12:34

    Haj-2025 mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik Saudiya Arabistonida vafot etdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 12:12

    Mualliflik qo‘shig‘i bitiruvchilar madhiyasiga aylangan xonanda Ravshan Sobirov 50 yoshda

    Madaniyat | 1 iyul, 11:59

    Ilon Mask yangi partiya tuzish bilan tahdid qildi. Tramp javob qaytardi

    Dunyo | 1 iyul, 11:55

    “Har yerni qilma orzu” — Gollivud yulduzlari kino olami va mashhurlik ortidagi razilliklar haqida

    Kino | 1 iyul, 11:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.