Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda avtobus bekatida turgan mashina haydovchisi o‘zini “Toshtransdispetcherxizmat” xodimi deb tanishtirgan ayolni haqorat qilayotgani tasvirga olingan video paydo bo‘lgan va ushbu erkak qidirilayotgani xabar berilgan edi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qilishicha, haydovchi qo‘lga olingan. U Zangiota tumanida yashovchi 26 yoshli Hikmatulla M. bo‘lib chiqqan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-6-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi), 135-moddasi (Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi — haydovchilik guvohnomasi taoni bo‘lmagani uchun)da ko‘zda tutilgan huquqbuzarliklar haqida bayonnoma tuzildi.
Bundan tashqari, Shayxontohur tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan Hikmatulla M. Ma’muriy javobgarlik kodeksining 183-moddasi (Mayda bezorilik) bo‘yicha aybdor deb topildi va unga besh sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Izoh (0)