Firibgarlar toshkentlik ayolning bank kartasidan pul yechib olib, uning hisobidan Londonda o‘yin-kulgi qildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
10-sentabr kuni ichki ishlar organlariga 45 yoshli Zulfiya M. murojaat qilib, uning bank kartasidan jami 1725 ming dollarni o‘g‘irlagan noma’lum shaxslarga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Pulni yovuz niyatlilar Buyuk Britaniya poytaxti Londonda teatr va kinoteatr chiptalariga, firma do‘konidagi kiyim-kechaklarga va boshqa narsalarga sarflagan.
Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahar IIBB fuqarolarni bank kartasining rekvizitlari — karta raqami va CVV raqamini hech kimga bermaslik haqida ogohlantirgan. Ta’kidlanishicha, ishonchli onlayn-do‘konlar sizdan bu ma’lumotlarni so‘ramaydi, balki ro‘yxatdan mustaqil o‘tib, zarur ma’lumotlarni o‘zingiz to‘lirishingizni taklif qiladi, operatsiya yakunida esa pul yechib olish uchun ruxsatingizni so‘raydi.
Izoh (0)