Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus bekatida turgan mashina haydovchisi o‘zini “Toshshahartransxizmat” xodimi deb tanishtirgan ayolni haqorat qilayotgani tasvirga olingan video paydo bo‘ldi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Ayol mashina haydovchisiga bekatda turishi qoidaga zid ekanligini tushuntirib, chetga chiqishini so‘raydi.
Bunga javoban Matiz haydovchisi ayolni tinimsiz haqoratlay boshlaydi, hatto qo‘l ham ko‘taradi.
So‘kinishdan charchamagan Matiz haydovchisidan qochgan ayol bekatga kelgan avtobusga chiqib oladi. Shunda ham haydovchi ayolni taqib etib, yo‘lovchilarning oldida uni haqoratlaydi, qo‘llari bilan uyatsiz qiliqlar qiladi.
Izoh (0)