Qoraqalpog‘istonning Qanliko‘l tumanidagi “Beshko‘pir” ovul fuqarolar yig‘inida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida milliylik va zamonaviylikni mujassam etgan qora uy (o‘tov) ko‘rinishidagi bekat qurildi. Bu haqda “Karinform.uz” xabar bermoqda.
Ushbu bekat qoraqalpoq xalqining milliy naqshlari bilan bezatilgan. Mahalliy aholining transport kutishi va dam olishi uchun o‘rindiqlar qurilib, qulayliklar yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq tumandagi “Bo‘ston” ovul fuqarolar yig‘inida “Soyabon bekat” qurilgan edi.
Izoh (0)