Toshkentning Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov pora olish vaqtida qo‘lga tushirildi, u yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha pora olmoqchi bo‘lgani taxmin etilmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz” huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib. Tuman ma’muriyati rahbari 7-sentabr, juma kuni o‘z ishxonasida qo‘lga olingan.
Baxtiyor Abdusamatov (1976-yilda tug‘ilgan, 1996-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan) Yunusobod tumaniga 2017-yil aprelida hokim etib tayinlangan edi. Ungacha Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlab kelgan.
Izoh (0)