Tehronda Rossiya, Eron va Turkiya yetakchilari uchrashuv o‘tkazadi. Muzokaralarda asosiy mavzu Suriya bo‘ladi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Dastlab uchrashuv ishtirokchilari jurnalistlar qarshisida kirish nutqlarini so‘zlashi kutilmoqda, so‘ng yopiq muhokama bo‘lib o‘tadi, uning yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilinadi, undan keyin ikki tomonlama formatda muzokaralar o‘tkaziladi.
Turkiya rahbari bilan Vladimir Putin iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni muhokama qiladi.
“Tehron ikki tomonlama muzokaralar uchun maydon bo‘ladi, — dedi prezident yordamchisi Yuriy Ushakov. — Biz prezidentimiz uchun Eron diniy yetakchisi va rahbari oyatulloh Xomeneiy, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy va Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on bilan uchta ikki tomonlama uchrashuvlarni rejalashtirmoqdamiz”.
Izoh (0)