Qozog‘istonning Jambul viloyatidagi Matibuloq poligonida 10—23-sentabr kunlari “KAZIND-2018” qo‘shma harbiy taktik mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Unda Qozog‘iston va Hindiston harbiy xizmatchilari ishtirok etadi. Bu haqda EADaily xabar berdi.
Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad Qozog‘iston va Hindiston qurolli kuchlarining qo‘shma operatsiyalar chog‘idagi hamkorligini takomillashtirish hisoblanadi.
Mashg‘ulotlarga 30 dan ortiq harbiy texnika jalb qilinadi. O‘qotar qurollar qatoridan AK-74, RPK, RPG-7 tankka qarshi qo‘l granatamyoti, Dragunov snayperi o‘rin oladi.
Izoh (0)