Germaniya fuqarolari AQSh prezidenti Donald Trampning siyosati oqibatlaridan ko‘proq qo‘rqadi. Bu haqda Germaniyaning R+V Versicherung sug‘urta kompaniyasi so‘roviga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
“Nemislar qo‘rquvi 2018” nomli jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot shunday natijalarni ko‘rsatgan. Xabar berilishicha, germaniyaliklarning 69 foizi Amerika yetakchisi olib borayotgan siyosatning salbiy oqibatlaridan xavfsiraydi.
Germaniyaliklarning ikkinchi o‘rindagi xavotiri mamlakatning qochoqlardan to‘lib ketganligi hisoblanadi. Aholining 63 foizi ana shu fikrni bildirgan. O‘tgan yilda bu xavotirni bildirganlar 57 foizni tashkil qilgan. Mamlakatga kirib kelayotgan muhojirlar, bu yerda allaqachon joylashganlar va Germaniyaning tub aholisi o‘rtasida taranglik yuzaga kelishidan aholining 63 foizi xavotirga tushmoqda.
Germaniyaliklarning to‘rtinchi o‘rinda turadigan xavotiri siyosatchilarning muammolar girdobida qolgani bo‘lib chiqqan. Xavotirlar reytingida beshinchi o‘rinni terrorizm egallagan.
Izoh (0)