5-sentabr kuni Kobul g‘arbida sodir bo‘lgan terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z bo‘yniga oldi, deb yozadi “Interfaks” Afg‘oniston OAVlariga tayanib.
Chorshanba kuni kechqurun Dashti Barchi tumanidagi Qal’ai Nazir dahasida joylashgan sport klubida birinchi portlash yuz berdi. Musobaqalar chog‘ida zalga xudkush terrorchi kirib olib, portlovchi qurilmani ishga tushirgan.
Keyinroq sport klubi yaqinida politsiyachilar va jurnalistlardan iborat olomon yaqinida minalangan avtomobil portlatildi.
Terakt qurbonlari soni 20 kishiga yetdi. Bundan tashqari, 70 kishi yaralandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)