Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida 5-sentabr kuni yangi 2018—2019-o‘quv yili o‘zgacha ruhda boshlandi. Bu haqda maktab ma’muriyati “Daryo”ga xabar bermoqda.
“Tadbirda ‘Bilimlar bellashuvi’ning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari ya’ni ona tili va adabiyot fani bo‘yicha 98 ball bilan faxrli 1-o‘rinni egallagani uchun 9-sinf o‘quvchisi Shahrizoda Ulashboyeva hamda rus tili fani bo‘yicha 98 ball bilan faxrli 1-o‘rinni egallagan Biloliddin Abduxalikovlarga planshet sovg‘a qilindi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)