Joriy yilning 4-sentabr kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi Yu.U.ning uyi oldida mojaro yuzaga keldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U o‘zaro janjal oqibatida Muqimiy shaharchasida yashovchi qaynotasi F.A.ga pichoq bilan jarohat yetkazdi.
Oqibatda F.A. kasalxonaga yotqizildi, Yu.U. qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)