Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisining mamlakatga rasmiy tashrifi doirasida 5-sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston—Misr biznes-forumi va B2B formatida kooperatsion birja bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tadbirlarda ikki davlat ishbilarmonlar va biznes doiralari vakillari ishtirok etadi.
Biznes forum va kooperatsion birja yakunlariga ko‘ra turizm, farmatsevtika, elektrotexnika va boshqa sohalarga oid o‘zaro manfaatli investitsion va savdo kelishuvlarini imzolash rejalashtirilgan.
Shuningdek, biznes forum doirasida O‘zbekistonda meva-sabzavot va logistika xabini tashkil etish masalalari muhokama etiladi.
Izoh (0)